Xonqa tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 26-sonli maktabda 2024-2025- o‘quv yili yakuni bo'yicha "So'ngi qo'ng'iroq" tadbiri o'tkazildi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigi o'qib eshittitildi.Tadbirda o‘quv yili davomida yuqori ko'rsatkichlarda erishgan o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda yuqori natijalariga erishgan o‘quvchilarning ota-onalari ham Tashakkurnoma va Diplomlar bilan taqdirlandi. So'ngi qo'ng'iroq tadbirida yangragan Milliy kuy va qo'shiqlar tadbir qatnashchilariga yuqori kayfiyat berdi.O‘quvchilar 11 yil davomida bilim- tarbiya bergan uztozlarga dil so'zlari orqali minnatdorchilik bildirdilar. So'ngi qo'ng'iroq qo'shig'i ostida tadbir yakunlandi.



