Oʻzbekiston Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni Respublika Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 boʻlim, 26 bob, 128 modda va Muqaddima (kirish) qismidan iborat. Konstitutsiyaga koʻra, Oʻzbekiston – Prezidentlik boshqaruv shaklidagi suveren demokratik respublika hisoblanadi. Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab berilgan boʻlib, unda Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi koʻrsatib oʻtilgan. 